O‘zbekistonning ayrim hududlarida 3-sentyabrda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 3-sentyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. “O‘zgidromet” tomonidan e’lon qilingan 3-sentyabr ob-havo ma’lumotiga ko‘ra, payshanba kuni vodiy va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esadigan shamol tezligi 5-10 metr/sekundni tashkil etadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 28-33 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 metr/sekundni tashkil etadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 metr/sekundni tashkil etadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 metr/sekundni tashkil etadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 metr/sekundni tashkil etadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esadigan shamol tezligi 5-10 metr/sekundni tashkil etadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 metr/sekundni tashkil etadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, sentyabr oyida o‘rtacha havo harorati iqlimiy me’yorga yaqin bo‘ladi. Respublikaning katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdorining me’yordan kam bo‘lishi, Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida me’yor atrofida kuzatilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa yog‘ingarchilik miqdorining me’yordan ko‘p yoki me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

