Sizni yanada koʻproq qarzga botirishi mumkin boʻlgan qarz boʻyicha maslahatlar
Odamlar kredit kartalari boʻyicha toʻlovlarni tobora koʻproq kechiktirishmoqda, shuning uchun qarzlar boʻyicha maslahat olishning eng yaxshi usuli shu yerda keltirilgan.

Qarzingizni yanada oshirib yuborishi mumkin boʻlgan qarz boʻyicha maslahatlar
Oshib borayotgan xarajatlar xonadonlar byudjetiga bosim oʻtkazayotgani sababli, tobora koʻproq odamlar kredit kartalari boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshira olmayapti.
Kreditorlar Angliya Bankiga ushbu kuzda toʻlanmagan kredit karta qarzdorliklari soni oʻsishda davom etishini kutishayotganini maʼlum qilishdi.
Bu qarzni boshqarish boʻyicha maslahatlarga boʻlgan talabni oshirishi mumkin — ammo agar siz qiyinchilikka duch kelgan boʻlsangiz va yordamga muhtoj boʻlsangiz, ehtiyot boʻlish kerak boʻlgan ayrim tuzoqlar mavjud.
Shuningdek, xolis maslahatlarni qarz boʻyicha xayriya tashkilotlaridan bepul olish mumkinligini yodda tutish lozim. Eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar quyidagicha.
Moliyaviy muammolar paydo boʻlganda, hammasini oʻz iziga solish uchun har qanday imkoniyatga yopishish istagʻi paydo boʻlishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar va internet qidiruv natijalari qarzni goʻyoki tez orada hal qilib beradigan yechimlarga toʻla. Notanish telefon qoʻngʻiroqlari va WhatsApp xabarlari ham qarz boʻyicha yordam taklif etadi.
Ammo ular oldindan toʻlov undirishi, qarzni butunlay yoʻq qilish haqida reallikka toʻgʻri kelmaydigan vaʼdalar berishi va tezda qaror qabul qilish uchun bosim oʻtkazishi mumkin.
Togʻri yordam topish boʻyicha tavsiyalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Xolis va vakolatli qarz boʻyicha maslahatlar bepul. Siz provayderni hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Moneyhelper veb-saytidan topishingiz mumkin
- Qarz boʻyicha yordam taklif qilayotgan har qanday firma regulyator — Moliyaviy nazorat organi (FCA) tomonidan vakolatlanganini tekshiring. Ular taqdim etgan vakolat tafsilotlarini FCA reyestri bilan solishtirishingiz kerak
- Agar siz vakolatli firma xizmatidan norozi boʻlsangiz, shikoyat qilishingiz va agar baribir qoniqmasangiz, mustaqil Moliyaviy ombudsman xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin
FCA'ning isteʼmolchilar moliyasi boʻyicha direktori Elison Uolters shunday dedi: "Qarz bilan kurashayotgan har bir inson birinchi navbatda uning manfaatlarini ustun qoʻyadigan maslahatga loyiqdir.
"Bepul va xolis qarz maslahati hammaga ochiq va hech kim oʻziga mos kelmasligi mumkin boʻlgan qarz yechimi uchun toʻlov qilishga majburlanmasligi yoki chalgʻitilmasligi kerak."
FCA'ning bildirishicha, baʼzi tartibga solinmaydigan firmalar odamlarning maʼlumotlarini kutilmagan qoʻngʻiroqlar yoki onlayndagi reklamalar orqali yigʻadi, baʼzan oʻzlarini qarz boʻyicha xayriya tashkilotlari yoki kollektorlar sifatida koʻrsatadi va keyin bu maʼlumotlarni pullik qarz yechimlarini sotadigan firmalarga uzatadi.
Xayriya tashkilotlarining taʼkidlashicha, onlayndagi tezkor qidiruv qarzni uzish yoʻllarini taklif qiluvchi koʻplab korxonalarni chiqarib beradi, ammo ularning hammasiga ham ishonib boʻlmaydi.
FCA'ning qayd etishicha, insofsiz firmalarning ogohlantiruvchi belgilariga odamlarni qarz yechimiga rozi boʻlishga undash uchun tez-tez, asosan xabar va qoʻngʻiroqlar orqali bosim oʻtkazish taktikalari kiradi.
Baʼzi odamlarga kreditorlarning hujjatlaridagi moliyaviy maʼlumotlarni oʻzgartirish aytilgan yoki qanday javob berish boʻyicha "koʻrsatmalar berilgan".
Baʼzida odamlarga boshqa variantlar toʻliq tushuntirilmasdan yoki taklif qilinmasdan, Jismoniy shaxslarning ixtiyoriy kelishuvlari (IVA) yoki baʼzi qarzni boshqarish rejalari kabi toʻlov undiriladigan qarz yechimlari majburan oʻtkaziladi.
Ular kimga ishlashini soʻrang va ularning maʼlumotlari firmaning rasmiy maʼlumotlariga mos kelishini tekshiring.
"Qarzlaringizni qanday hal qilish boʻyicha biror qarorga kelishdan oldin, hamisha qarzingizni eng xavfsiz va barqaror usulda uzishning barcha variantlarini oʻrganib chiqqan holda, avval toʻliq, bepul va xolis qarz maslahatini olishga arziydi," dedi StepChange qarz xayriya tashkiloti bosh ijrochi direktori Vikki Braunridj.

