Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini Buxoroda kutib oldi
O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi bilan birga Buxoro

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda Ozarbayjon prezidentini qarshi oldi
O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev turmush o‘rtog‘i bilan birga Buxoro shahriga yetib keldi.
Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Tantanalarga boy kutib olish marosimi tashkil etilib, milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi va raqslar ijro etildi.
Bugun davlat rahbarlari qadimiy Buxoroning tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilishni rejalashtirganlar. Shuningdek, sanoat korxonalarining faoliyati bilan tanishish ham ko‘zda tutilgan.

