Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga tashrif buyurdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-avgust kuni Buxoro shahriga yetib keldi. Uning tashrifi Oʻzbekiston—Ozarbayjon sammitining ikkinchi kunidagi tadbirlarda ishtirok etish bilan bogʻliq.

Prezident matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi. Bu yerda Qurʼon oyatlari oʻqilib, mamlakatimizga tinchlik va farovonlik tilab duo qilindi.

Shu kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ham rafiqasi bilan Buxoroga yoʻl oldi. U davlat tashrifi bilan Toshkentda boʻlib turgan edi.

Toshkentdagi "Humo" xalqaro aeroportida Ozarbayjon prezidentini Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov, poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻyishdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.