Siyosat

Ozarboyjon prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarboyjon prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi oʻtkazildi

Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi. Oʻzbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutlashdi.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.