Shahrixon tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari tezkor tadbirda qoʻlga olindi
Favqulodda vaziyatlar boʻlimi mansabdori pora olishda gumonlanmoqda. U umumiy ovqatlanish shoxobchasida tekshiruv oʻtkazmaslik va tekshiruvchilar kelgan taqdirda hal qilib berish vaʼdasi bilan 1,5 mln soʻm olganda ushlangan.

Shahrixon tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari tezkor tadbirda qoʻlga olindi
Andijon viloyatida Favqulodda vaziyatlar boʻlimi mansabdori pora olishda gumon qilinib, ushlangan.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Andijon viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Shahrixon tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari B.G. hududdagi MChJlardan birining ish yurituvchisidan 1,5 mln soʻm olayotgan paytda qoʻlga olingan.
Mansabdor ushbu pul evaziga umumiy ovqatlanish shoxobchasida kelgusida tekshiruv oʻtkazmaslik va tekshiruvchilar kelgan taqdirda uning foydasiga hal qilib berishni vaʼda qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

