Mahalliy

Surxondaryoda 25 mlrd so‘mlik firibgarlik sxemasi aniqlandi

Surxondaryo viloyatida soxta hujjatlardan foydalangan holda 25 milliard so‘mlik mablag‘ni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq yirik firibgarlik sxemasi fosh etildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda 25 milliard so‘mlik firibgarlik sxemasi fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida "T.K." MChJ ta’sischisi Sh.Sh. va boshqa shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari aniqlandi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ular tijorat banklaridan biri va "I." MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, avvaldan garovda bo‘lgan bino-inshootlarga oid soxta hujjatlarni tayyorlab, ushbu mulkni ikkinchi marotaba garovga qo‘yishgan.

Buning oqibatida, ushbu hujjatlar asosida Andijon viloyatidagi tijorat banklaridan biridan 25 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishiga erishilgan va bu mablag‘lar talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.