Mahalliy

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi

U fuqaroning noturar binosini turar joy toifasiga o‘tkazib berishini aytib, 1000 dollar talab qilgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Xorazm viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qo‘shko‘pir tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i R.A. 1 000 AQSh dollari evaziga viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali fuqaro J.P.ning noturar binosini turar joy toifasiga o‘tkazib berishini aytib, shu pullar hisobidan 700 AQSh dollari va 3,6 mln so‘mni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.