Boshqa

Sevganining yoniga borish uchun qoʻshnisining mashinasini minib ketgan yigit 6 yilga qamaldi

Qiziltepalik 22 yoshli yigit Qarshi davlat texnika universitetining 4-bosqich talabasi boʻlgan. U tunda yaxshi koʻrgan qizining yoniga borish uchun qoʻshnisining Nexia mashinasini ruxsatsiz haydab ketgan. “Mashinamni u minib ketganini bilganimda “102” qilmasdim”, degan Nexia egasi sudda. Chunki, yigit avvaldan mashinani egasining ruxsati bilan mahalla ichida boshqarib yurgan.

Sevganining yoniga borish uchun qoʻshnisining mashinasini minib ketgan yigit 6 yilga qamaldi

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida talaba yigit qoʻshnisining mashinasini uning ruxsatisiz haydab ketgani uchun ozodlikdan mahrum qilindi.

Sud hujjatiga koʻra, 22 yoshli Oʻ.B. Qarshi davlat texnika universitetining 4-bosqich talabasi boʻlgan.

Yigit 2026-yil 26-mart kuni kechasi telefonda sevgan qizi bilan gaplashgan. Qiz unga munosabatlarini tugatmoqchi ekanini aytgan. Bundan jahli chiqqan Oʻ.B. qizning oldiga, yaʼni Qarshi shahriga borishga qaror qilgan.

Shu maqsadda u 27-mart kuni soat 2:00 larda qoʻshnisi H.B.ning Nexia mashinasini uning ruxsatisiz haydab ketgan. Mashina eshigi ochiq holatda kaliti bilan qoldirilgan boʻlgan.

Oʻ.B. mashinani boshqarib, soat 4:30 larda Muborak tumaniga kirib borgan. Soʻngra u yerdan Kasbi tumanida yashovchi doʻsti E.ning xonadoni tomon yoʻl olgan. Soat 5:00 larda doʻstining uyiga borib, dam olish maqsadida yotib uxlagan.

Uygʻonganida amakisi uni va mashinani IIB xodimlari izlayotgani haqida xabar joʻnatganini koʻrgan. Soʻng IIB xodimlari uni Qarshi shahrida ushlab olishlaridan qoʻrqib, mashinani Muborak tumanidagi oshxona avtoturargohida qoldirib ketgan.

“Oshxonada ovqatlanib chiqdim, mashinani oʻsha yerda qoldirib, taksida Qarshi shahriga yetib bordim. Ammo meni IIB xodimlari qidirayotgani sababli sevgan qizimning yoniga bormadim. Uni ham tergov harakatlariga jalb qilishlaridan qoʻrqdim. Oʻsha kuni koʻchada tunab qoldim. Ertasiga amakim meni Qarshi shahrida topib, Muborak tumaniga olib keldi va Qiziltepa tuman IIB xodimlariga topshirdi.

Mashinani oʻzim boshqarib ketdim, doʻstimning bu ishga aloqasi yoʻq. Mashina koʻchada turgandi, bir dona kaliti menda ham bor edi. Kalitni menga qoʻshnimizning oʻzi berib qoʻygandi. Ushbu mashinani muqaddam H.B.ning roziligi bilan boshqarib kelganman. Oʻsha kuni H.B. uxlab yotgani sababli undan soʻroqsiz va ogohlantirmasdan boshqarib ketdim”, degan yigit suddagi koʻrsatmasida.

Oʻ.B. doʻsti bilan birga qoʻshnisining mashinasini sotib yuborish fikri boʻlmaganini bildirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.