Mahalliy

Qarshida mahalla ichida Damas’ni xavfli boshqargan yigit 15 sutkaga qamaldi

Qarshida haydovchilik guvohnomasisiz Damas’ni ko‘p qavatli uylar hovlisida xavfli boshqargan 21 yoshli yigit 15 sutkaga qamaldi. U IIB xodimi va aholining to‘xtash talabiga bo‘ysunmay, bolalar oldida avariya holatini yuzaga keltirgan. Haydovchi qilmishini 'stress' bilan izohlab, kechirim so‘ragan.

Qarshida mahalla ichida Damas’ni xavfli boshqargan yigit 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida piyodalar, jumladan, kichik yoshli bolalar bo‘lgan turar joy hovlisida Damas avtomobilini xavfli tarzda boshqargan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi, deya xabar bermoqda.

Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 21 yoshli yigit shaharning Cho‘lquvar mahallasidagi ko‘p qavatli binolar orasida yuqori tezlikda harakatlangan va shu yerdagi profilaktika inspektori hamda fuqarolarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan. U o‘sha paytda stressda ekanini aytib, kechirim so‘ragan.

Shundan keyin yigitga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir qator moddalari bo‘yicha bayonnoma tuzilgan. Avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

“Xalqdan va hammadan kechirim so‘rayman. Qilgan ishim xato ekanini tushunib yetdim. Hech kimga tavsiya ham bermayman. Boshqarish huquqiga ega bo‘lganimdan keyin, keyin boshqarishni tavsiya qilaman. Bir marta adashib yoshlik qildim”, — dedi u.

Sud hukmi bilan yigit Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning quyidagi moddalari bo‘yicha aybli deb topildi:

Shu tariqa unga uzil-kesil 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.