Savdo-sanoat palatasi mansabdori porani qaytarib berayotganda ushlandi
U fuqaroga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun auksion orqali 2 gektar yer maydoni olib berishini

Savdo-sanoat palatasi mansabdori porani qaytarayotgan paytda qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyatida Savdo-sanoat palatasining tuman bo‘limi boshlig‘i ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Savdo-sanoat palatasi Qiziriq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Ch. fuqaro O.B.ga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun auksion orqali 2 gektar yer maydoni olib berishini va’da qilgan. Keyin firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 5 mln so‘mni O.B.ga qaytarib bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Prokuratura departamenti Ekologiya va kadastrlar palatasi xodimlari tezkor tadbirda ushlanganini xabar bergandi.

