Mahalliy

Surxondaryoda ekologiya va kadastr xodimlari qo‘lga olindi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryoda ekologiya va kadastr xodimlari qo‘lga olindi

Yer olib berishni va’da qilgan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi hamda Davlat kadastrlar palatasi xodimlari ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinsoy tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Uzun tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi M.B. fuqaro R.Yu.ga 2 000 AQSh dollari evaziga «Ulanqul» MFY hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 2 gektar yer maydonini kadastrdagi tanishi orqali auksionga chiqarib, arzon narxda olib berishini aytgan.

U ushbu pullardan 12 mln so‘mni olayotgan paytda ushlangan. Keyin davom etgan tezkor tadbirda Uzun tumani Davlat kadastrlar palatasi yerlarni auksionga chiqarish sho‘’basi yetakchi mutaxassisi K.N. ham M.B.dan 12 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.