Mahalliy

Tezkor tadbirda kadastr mutaxassisi va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi

Ulardan biri 31 sotix noturar yer maydonini 9 500 AQSh dollari evaziga turar joy sifatida

Tezkor tadbir davomida kadastr mutaxassisi hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i ushlandi

Farg‘ona viloyatida tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi va qurilish hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘zbekiston tumani bo‘limi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.

Tadbirda O‘zbekiston tumani kadastr bo‘limi mutaxassisi D.T. tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limida ishlovchi tanishi orqali fuqaro M.I.ning «Avg‘on» MFY hududidagi 31 sotix noturar yer maydonini 9 500 AQSh dollari evaziga turar joy sifatida rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan paytda ushlangan. Davom etgan tadbirda esa tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i O.N. (muqaddam sudlangan) D.T.dan 5 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda yer olib berishni va’da qilgan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi hamda Davlat kadastrlar palatasi xodimlari qo‘lga olingandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.