Samarqandda kiberjinoyatlar oqibatida odamlar 50 mlrd sömga yaqin zarar kördi
Samarqand viloyatida joriy yilning 9 oyida axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 42 foizga köpaydi. Bank kartalari bilan boğliq jinoyatlar oqibatida fuqarolarga 49,9 mlrd sömlik zarar yetkazilgan, hozirgaça bu zararlarning faqat 36 foizi undirilgan.

Samarqandda kiberjinoyatlar oqibatida odamlar 50 mlrd so‘mga yaqin zarar ko‘rdi
Samarqand viloyatida 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar soni 6 718 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 1 984 taga yoki 42 foizga ko‘p. Bu haqda Samarqand viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Komiljon G‘afforov xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda
G‘afforovga ko‘ra, kiberjinoyatlarning 6 303 tasi, ya’ni 94 foizi fuqarolarning bank plastik kartalaridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritish bilan bog‘liq. Jumladan, 2 711 ta holat kiberfiribgarlik, 3 592 tasi esa kibero‘g‘rilik sifatida qayd etilgan.
Jinoyatlarni sodir etishda turli usullardan foydalanilgan:
3 550 ta holatda soxta havolalar yoki zararli dasturlar orqali bank kartasi yoxud qurilma boshqaruvi qo‘lga kiritilgan;
1 478 ta holat ijtimoiy tarmoqlar va onlayn savdodagi aldovlar bilan bog‘liq bo‘lgan;
575 ta holatda soxta treyding va onlayn birjalar orqali pul jalb qilish aldovlari ishlagan;
101 ta holat onlayn mikroqarz va kredit rasmiylashtirish bilan bog‘liq;
97 ta holat soxta qo‘ng‘iroqlar orqali SMS-kodlarni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan.
Bank kartalari bilan bog‘liq jinoyatlar oqibatida fuqarolarga jami 49 mlrd 887 mln so‘m zarar yetkazilgan. Shundan 18 mlrd 236 mln so‘mi yoki 36 foizi undirilgan. Qolgan 31 mlrd 651 mln so‘m zararni qoplash choralari ko‘rilmoqda.

