Mahalliy

Samarqandda «Energosavdo» bo‘limi muhandisi ushlandi

U 20 mln so‘mlik jarimani yo‘q qilib berish hamda yangi elektr hisoblagichni o‘rnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib

Samarqandda «Energosavdo» bo‘limi muhandisi qo‘lga olindi

Toyloq tumanida ETK xodimi ushlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda «Energosavdo»ning Toyloq tuman bo‘limi muhandisi P.M. fuqaro M.E.ga nisbatan qo‘llangan 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilib berish hamda yangi elektr hisoblagich o‘rnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 500 AQSh dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.