Mahalliy

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasi faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrif buyurib, uning bugungi holati va faoliyati bilan tanishdi. Studiyani zamonaviy O‘zbekiston kino industriyasining milliy brendi hamda tayanch markaziga aylantirish zarurligi qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekfilm” qariyb bir asr davomida xalqning tarixi, taqdiri, orzu-armonlari va kechinmalarini ekranda aks ettirib kelayotgan milliy kino maskani hisoblanadi. Endi esa studiya faoliyatini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish vazifasi turibdi.

Buning uchun kino sohasidagi boshqaruv tizimini o‘zgartirish kerakligi ta’kidlandi. Davlat filmning ijodiy jarayoniga aralashadigan buyurtmachi emas, balki sohani rivojlantiradigan va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydigan strategik hamkor bo‘lishi lozim. Xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlar esa kino industriyasining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi kerak.

Shuningdek, kinoni ishlab chiqarishdan tortib tomoshabinga yetkazishgacha bo‘lgan moliyalashtirish, distributsiya, prokat, festivallar va eksport tizimini zamonaviy talablar asosida yangilash zarurligi aytildi. Milliy kino merosini saqlash, filmlarni restavratsiya va raqamlashtirish, yangi avlod ijodkorlarini tayyorlash hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirishga ham e’tibor qaratish taklif qilindi.

Saida Mirziyoyeva sohada professional muhit va o‘zini o‘zi boshqarish madaniyatini shakllantirish, kinoijodkorlarning fikri, tajribasi va kasbiy obro‘sini munosib qadrlash muhimligini ta’kidladi.

Tashrif chog‘ida u Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqida suratga olinayotgan tarixiy film maydoniga ham bordi. Ulkan dekoratsiyalar va ijodiy jamoaning mehnati bilan tanishib, jamoaga omad tiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.