Mahalliy

Kino sohasidagi moliyaviy, tashkiliy va huquqiy masalalar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari topshirig‘iga asosan, Kinematografiya agentligida kino sohasida to‘planib qolgan muammolarni chuqur tahlil qilish va ularga aniq yechimlar ishlab chiqishga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Kino sanoatidagi moliyaviy, tashkiliy va huquqiy masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari topshirig‘iga binoan, Kinematografiya agentligida kino sohasida yig‘ilib qolgan muammolarni chuqur tahlil qilish va ularga aniq yechimlar topishga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili Hasan Salihov, Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Akramjon Fozilov, Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limi boshlig‘i Rustam Azimov, Hisob palatasi raisi o‘rinbosari Sardor Mirzayev, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari - Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov, Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov, akademiklar Azamat Ziyo va Shuhrat Sirojiddinov, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ijrochi direktori Zafar Yo‘ldoshev, shuningdek, Adliya vazirligi hamda viloyat hokimliklarining mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda o‘zbek kinosining bugungi holati, sohada to‘planib qolgan moliyaviy, tashkiliy va huquqiy muammolar, kino infratuzilmasi, hududlardagi mavjud vaziyat hamda kinematografiya sohasini rivojlantirishning yangi mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, kino ishlab chiqarishda faqat miqdor ko‘rsatkichlarini oshirish emas, balki sifatli, tomoshabop va xalqaro kinofestivallarda munosib ishtirok eta oladigan filmlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.