Rossiyaning uçta neft zavodi bir kunda hujumga uçradi
Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak Ukraina 30-oktabr kuni uçta neftni qayta işlaş zavodi va bitta gaz-kimyo majmuasiga hujum qilganini bildirdi. Uning aytişiça, korxonalardan biriga jiddiy bölmagan zarar yetgan.

Rossiyadagi uchta neft zavodi bir kunda hujumga uchradi
Novak qaysi zavodlar hujumga uchraganini oshkor qilmagan. U neftni qayta ishlash korxonalariga zarbalar ma’lum tanaffusdan so‘ng yana boshlanganini aytgan.
«Bir muddat tanaffus bo‘ldi, bugun esa neft zavodlariga hujumlar qayta boshlandi», - degan Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari.
Avvalroq Astra nashri va Ukrainaning monitoring kanallari guvohlarga tayanib, Samara viloyatidagi Novokuybishevsk neftni qayta ishlash zavodiga zarba berilganini xabar qilgan edi. DW ma’lumotiga ko‘ra, korxona Rossiya armiyasi uchun reaktiv yoqilg‘i ham ishlab chiqaradi.
Novokuybishevsk aholisi havo hujumi haqida ogohlantirish bo‘lmaganidan shikoyat qilgan. Guvohlarning aytishicha, Samara viloyati gubernatori Vyacheslav Fedorishchevning ogohlantirishi hujum boshlanganidan qariyb ikki soat o‘tib paydo bo‘lgan.
DW xabari e’lon qilingan paytda Ukraina tomoni mazkur zarbalarga rasmiy izoh bermagan.
Novokuybishevsk zavodi «Rosneft»ning Samaradagi korxonalari guruhiga kiradi. Uning yillik qayta ishlash quvvati qariyb 8,8 million tonna neftni tashkil etadi. Korxonada 20 dan ortiq turdagi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Zavod avval ham hujumlarga uchragan. Astra yozishicha, 2026-yil aprelidagi zarbalar oqibatida neftni birlamchi qayta ishlashga mo‘ljallangan ikkita qurilma faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

