Dunyo

Rossiyada sentabr oyida beshinchi neft zavodi ishini toʻxtatdi

«Gazpromneft»ga qarashli Moskva neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumidan keyin yuzaga kelgan yongʻinlar sabab ishini vaqtincha toʻxtatdi. Reuters manbalariga koʻra, neftni dastlabki qayta ishlashga moʻljallangan ikkala qurilmani taʼmirlash bir necha hafta davom etishi mumkin.

Rossiyada sentabr oyida yana bir neft zavodi faoliyatini toʻxtatdi

Moskva neftni qayta ishlash zavodi 20-sentabr kuni dronlar hujumidan soʻng vaqtincha ishini toʻxtatdi.

Agentlik xabariga koʻra, Ukraina dronlari hujumi natijasida zavoddagi neftni dastlabki qayta ishlashga moʻljallangan ikkala qurilmada ham yongʻin yuzaga kelgan.

Manbalarning bildirishicha, shikastlangan uskunalarni taʼmirlash bir necha hafta davom etishi mumkin.

Moskva meri Sergey Sobyanin 20-sentabr kuni poytaxtga dronlar yordamida keng koʻlamli hujum uyushtirilganini maʼlum qilgan edi. Uning aytishicha, bir nechta uchuvchisiz apparat Moskva neftni qayta ishlash zavodi hududiga kirib borgan.

Zavoddagi AVT-6 dastlabki qayta ishlash bloki bir sutkada 21,4 ming tonna xomashyoni qayta ishlash quvvatiga ega. Bu korxonaning umumiy quvvatining 53 foizini tashkil etadi.

EURO+ majmuaviy qurilmasi esa sutkasiga 18,8 ming tonna xomashyoni qayta ishlaydi va zavod quvvatining qolgan 47 foizini taʼminlaydi.

Reuters yozishicha, 21-sentabrdan boshlab Moskva NQZda ishlab chiqarilgan neft mahsulotlarining ulgurji partiyalari Sankt-Peterburg xalqaro tovar-xomashyo birjasida savdoga qoʻyilmagan.

Moskva neftni qayta ishlash zavodi ilgari ham dronlar hujumiga uchragan. 18-iyunga oʻtar kechasi korxonaga zarba berilgach, uning faoliyati ham vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Bundan oldin poytaxt mintaqasini yonilgʻi bilan taʼminlovchi «Yaroslavnefteorgsintez» va Ryazan neftni qayta ishlash zavodlari, shuningdek, Sizran hamda Saratov NQZ ishini toʻxtatgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.