Rossiyaning Kiev va Xarkivga hujumlarida kamida uç kişi halok böldi
26-oktabr kuni Rossiya qöşinlarining Kiev va Xarkivga hujumlari oqibatida kamida uç kişi halok böldi, 14 kişi jarohatlandi. Mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga köra, Kievda şifoxonaga yotqizilganlarning uç nafari oğir ahvolda.

Rossiyaning Kiev va Xarkivga uyushtirgan hujumlarida kamida uch kishi halok bo‘ldi
Rossiya qo‘shinlari 26-oktabr kechqurun Kievga ballistik raketalar bilan zarba bergan. Ukraina Havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, raketalar Bryanskdan uchirilgan.
Kiev meri Vitaliy Klichko mahalliy vaqt bilan soat 23:00 atrofida kamida bir kishi halok bo‘lgani va 10 kishi jarohat olganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘qqiz nafar yarador shifoxonaga yotqizilgan, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir.
Zarbalar poytaxtning Desnyan va Dnipro tumanlariga to‘g‘ri kelgan. Desnyan tumanida metro stansiyalaridan biri va universitet yotoqxonasi yaqiniga zarba tushgan.
Dnipro tumanida esa noturar binolar joylashgan hududdagi bino nishonga tushgan. Shu tumandagi tibbiyot muassasalaridan birining ikki bo‘limida derazalar singan. Klichkoning ma’lum qilishicha, bemorlar va tibbiyot xodimlari jabrlanmagan.
Kiev shahar harbiy ma’muriyati Desnyan tumanida turarjoy binosi ham shikastlanganini bildirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning ichida odamlar chiqolmay qolgan bo‘lishi mumkin.
DW xabari e’lon qilingan paytda hujumlar, jumladan, reaktiv dronlar yordamida ham davom etayotgan edi. Zarbalarning boshqa oqibatlari aniqlashtirilmoqda.
Bundan bir necha soat avval Rossiya qo‘shinlari Xarkivga ham hujum qilgan. Shahar meri Igor Terexovning ma’lum qilishicha, Novobavar tumanida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi yaralangan.
Xarkivda ko‘p qavatli va xususiy uylar, shuningdek, avtomobillarga zarar yetgan.

