Rossiya Yevropaga hujum qilmaydi, muzokaralarning barbod boʻlishida Ukrainaning oʻzi aybdor - Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25-sentabr kuni Sankt-Peterburgdagi Birlashgan madaniyatlar forumi doirasida jurnalistlar bilan muloqot qildi.

Rossiya Yevropaga qarshi hujum qilish niyatida emas, muzokaralarning muvaffaqiyatsiz yakunlanishida esa Ukrainaning o‘zi aybdor — Putin
«Rossiya Davlat Dumasiga saylovlardan sal oldin Ukraina muzokaralarga qaytishga tayyor ekanini bildirdi. Rossiya esa saylovlardan keyin aloqalarni tiklashga tayyor edi. Biroq ovoz berishning asosiy kunida Kiyev Moskvaga hujum qildi, 1600 dan ortiq dron uchirdi va saylov uchastkalariga zarba berdi. Bunga javoban nima qilishimiz kerakligini hali o‘ylab ko‘ramiz. Muzokaralarni qayta boshlash bo‘yicha qarorlarni o‘z manfaatlarimizdan kelib chiqib qabul qilamiz».
«Ukraina Rossiyaning javob zarbalarini his qilishi kerak, ular shunchalik vayronkor bo‘lishi kerakki, Ukraina sulh masalasini ko‘tarib, Rossiyaning “Geran” dronlari bilan zarbalarini to‘xtatishga urinmoqda. Kiyevning provokatsion harakatlari Ukraina uchun vaziyatni faqat yanada og‘irlashtiradi».
«Rossiya Yevropa bilan harbiy harakatlarga tayyorlanmayapti, bunday reja yo‘q. Yevropa davlatlari vaziyatni bo‘rttirib ko‘rsatmoqda va provokatsiyalar bilan shug‘ullanmoqda, ular Ukrainadan Rossiyaga qarshi kurash vositasi sifatida foydalanishda davom etmoqchi».
«Biz Boltiqbo‘yi mamlakatlarida rusiyzabonlarning huquqlari buzilayotganidan xabardormiz va bunga gumanitar yo‘l bilan munosabat bildiramiz».

