Dunyo

Ukraina Rossiya osmonini yopmoqchimi?

Rossiyada parvozlar xavfsizligi masalasi tobora jiddiylashmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy RF osmonida dronlar keskin koʻpayishini maʼlum qilib, aviakompaniyalarni xavfdan ogohlantirdi. Ayni paytda Moskva Ukraina energetikasi va harbiy sanoatiga zarbalarni kuchaytirayotgan boʻlsa, Kiyev Rossiyaning ichki hududlari, xususan, aeroportlari va havo logistikasiga bosimni oshirmoqda.

**Ukraina Rossiya osmonini yopmoqchimi?**

Rossiyada parvozlar xavfsizligi masalasi tobora jiddiy tus olmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy RF osmonida dronlar keskin koʻpayganini maʼlum qilib, aviakompaniyalarni xavfdan ogohlantirdi. Shu bilan birga, Moskva Ukraina energetikasi va harbiy sanoatiga zarbalarni kuchaytirayotgan bir paytda, Kiyev Rossiyaning ichki hududlari, xususan, aeroportlari va havo logistikasiga bosimni oshirmoqda.

- Soʻnggi hafta davomida Rossiya-Ukraina urushi bilan bogʻliq qanday muhim voqealar yuz berdi?

**Abduvali Soyibnazarov:** Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush hozir deyarli barcha yoʻnalishlarda — havoda, quruqlikda va dengizda davom etmoqda. Har ikki tomon bir-biriga zarba berish orqali oʻz harbiy va siyosiy maqsadlariga erishishga urinmoqda. Rossiya hududlarni egallashni maqsad qilgan boʻlsa, Ukraina Moskvaga harbiy va iqtisodiy bosim oʻtkazib, uni muzokaralar stoliga oʻtirishga majburlamoqchi.

Ukrainaning Rossiya hududidagi aeroportlar va havo infratuzilmasiga qarshi hujumlari alohida ahamiyatga ega. Bu kampaniyaning asosiy maqsadlaridan biri — Rossiya havo hududidan foydalanishni xavfli va qimmatga aylantirish, mamlakatning havo logistikasiga bosim oʻtkazishdir.

Ayni paytda Rossiya ham Ukraina hududiga keng koʻlamli havo zarbalarini davom ettirmoqda. Rossiya aviatsiyasi va boshqa zarba vositalari nafaqat front chizigʻidagi, balki front ortidagi aholi punktlari, energetika obyektlari va harbiy sanoat korxonalarini ham nishonga olmoqda. Rossiya samolyotlari koʻpincha Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari taʼsir doirasiga kirmaslik uchun Rossiya havo hududidan turib boshqariladigan aviabombalar va boshqa uzoq masofali zarba vositalaridan foydalanmoqda.

Rossiyaning zarbalari Ukraina energetika infratuzilmasi hamda harbiy sanoatiga qaratilgan. Jumladan, dronlar va raketalar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar ham nishonga olinmoqda. Bunday hujumlardan koʻzlangan maqsad — Ukrainaning harbiy salohiyatini va frontdagi imkoniyatlarini zaiflashtirishdir.

Ukrainaning Rossiya aeroportlari va havo hududiga tahdid solayotgan dron hujumlari esa yana bir maqsadga ham xizmat qilishi mumkin. Rossiya havo hududidan uchib oʻtuvchi samolyotlar buning uchun Rossiyaga tegishli toʻlovlarni amalga oshiradi. Agar xavfsizlik bilan bogʻliq tahdidlar kuchaysa, ayrim aviakompaniyalar Rossiya hududini chetlab oʻtishga majbur boʻlishi mumkin. Bu esa Rossiyaning daromadlariga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.