Ronaldu – «Barça davrlarning Oltin töpi» sohibi, Messi – ikkinçi
Futbol muxlislari 2008-yilgi Kriştianu Ronalduni tarixdagi eng yaxşi «Oltin töp» sohibi deb tanladi. Mukofotning 70 yilligi munosabati bilan ötkazilgan ovoz berişda kuçli öntalikdagi örinlarni faqat Ronaldu va Lionel Messi egalladi.

Ronaldu – «Barça davrlarning Oltin töpi» sohibi, Messi – ikkinçi
Muxlislar 2008-yilgi Kriştianu Ronalduni tarixdagi eng buyuk «Oltin töp» sohibi deb hisoblaşmoqda.
Mukofotning 70 yilligi munosabati bilan taşkilotçilar saytda sörovnoma ötkazib, muxlislarga B.O.A.T. (Ballon D’or Of All Time – «Barça davrlarning Oltin töpi») tanlaşni taklif qilişdi.
Nomzodlar qatoriga anʼanaviy «Oltin töp» bilan kamida ikki marta taqdirlangan futbolçilar kiritildi: Lionel Messi, Kriştianu Ronaldu, Ronaldo, Marko van Basten, Mişel Platini, Karl-Hayns Rummenigge, Kevin Kigan, Frans Bekkenbauer, Yohan Kroyff va Alfredo Di Stefano.
Ovoz beriş uçun 1 yevro tölaş talab etilardi. Şu bilan birga, foydalanuvçilar öz nomzodiga çeklanmagan miqdorda ovoz berişi mumkin edi.
Yakuniy öntalikdan quyidagilar joy oldi:
Kriştianu Ronaldu (2008).
Lionel Messi (2012).
Kriştianu Ronaldu (2017).
Lionel Messi (2023).
Kriştianu Ronaldu (2016).
Kriştianu Ronaldu (2014).
Lionel Messi (2015).
Kriştianu Ronaldu (2013).
Lionel Messi (2011).
Lionel Messi (2009).
Qolgan futbolçilar orasida eng yuqori natijani Ronaldo-2002 qayd etdi – u 13-poğonani egalladi.

