Sport

Ronaldu tarixdagi eng yaxshi «Oltin toʻp» sohibi deb tan olindi

France Football nashri yangi maxsus mukofot — «Barcha davrlarning Oltin toʻpi» gʻolibini eʼlon qildi

Ronaldu tarixdagi eng yaxshi «Oltin toʻp» sohibi deb topildi

France Football nashri yangi maxsus mukofot — «Barcha davrlarning Oltin toʻpi» gʻolibini eʼlon qildi. Ushbu nominatsiyada gʻolibni jurnalistlar emas, balki foydalanuvchilar tanlashdi. Ishtirok etish huquqini olish uchun bir yevro toʻlash kerak edi.

Mukofot portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga nasib etdi. Ovoz berishda uning 2008 yildagi «Oltin toʻp»i eng afsonaviy deb tan olindi. U 75% ovoz toʻpladi. Ikkinchi oʻrinni 2012 yildagi «Oltin toʻp»i bilan argentinalik Lionel Messi egalladi.

Qayd etish joizki, ular dastlabki 12 ta oʻrinni egallab turishibdi, oʻn uchinchi oʻrinda esa 2002 yilgi mukofoti bilan braziliyalik Ronaldo paydo boʻladi.

Ovoz berishda ishtirok etish uchun oʻz faoliyati davomida kamida ikki marta «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritgan futbolchilar tanlab olingan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.