Restoran va mehmonxonalarga kassada markirovkani skanerlash talab etilmaydi
2026 yil 1 sentyabrdan Oʻzbekistonda mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun tovarlarni raqamli markirovka qilishning soddalashtirilgan tartibi amal qila boshladi. Prezident Farmoniga (27.08.2026 yildagi PF-175-son) muvofiq, ushbu muassasalar tomonidan sotib olingan tamaki mahsulotlari, pivo, ichimlik suvi va salqin ichimliklar darhol yakuniy isteʼmol uchun muomaladan chiqarilgan deb eʼtirof etiladi. Bu biznesni mahsulotni taqdim etishda markirovkani qayta skanerlash majburiyatidan ozod qiladi […]

Restoran va mehmonxonalarga kassada markirovkani skanerlash talab etilmaydi
2026 yil 1 sentyabrdan Oʻzbekistonda mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun tovarlarni raqamli markirovkalashning soddalashtirilgan tartibi kuchga kirdi.
Prezident Farmoniga (27.08.2026 yildagi PF-175-son) muvofiq, ushbu muassasalar tomonidan sotib olingan tamaki mahsulotlari, pivo, ichimlik suvi va salqin ichimliklar yakuniy isteʼmol uchun muomaladan chiqarilgan deb hisoblanadi. Bu tadbirkorlarni mehmonlarga xizmat koʻrsatishda markirovkani qayta skanerlash va uni fiskal cheklarda koʻrsatish majburiyatidan ozod qiladi.
Bugungi kunga kelib, soliq xizmatlari tomonidan 2 255 ta mehmonxona va 11 016 ta umumiy ovqatlanish korxonasi uchun markirovkalangan mahsulotlar qoldiqlarini hisobdan chiqarish tartibi amalga oshirildi.

