Mahalliy

Biometrik ma’lumotlarni chet elda saqlashga cheklov belgilandi

O‘zbekistonda banklar, to‘lov tizimlari operatorlari, to‘lov xizmatlari ko‘rsatuvchilari hamda kredit byurolari mijozlarni identifikatsiya qilishda foydalanadigan biometrik ma’lumotlarni faqat respublika hududida saqlashi shart bo‘ladi. Bu talab Markaziy bankning yangi qarori bilan belgilandi.

Biometrik maʼlumotlarni xorijda saqlashga cheklov joriy etildi.

Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qabul qilingan qarorga asosan, ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, mijozlarni identifikatsiya va autentifikatsiya qilishda qo‘llaniladigan jismoniy shaxslarning biometrik maʼlumotlari faqat O‘zbekiston hududida saqlanishi shart etib belgilandi.

Ushbu yangi talab to‘lov tizimlari operatorlari, to‘lov xizmatlari yetkazib beruvchilar, faktoring elektron platformalari hamda kredit byurolari faoliyatiga taalluqlidir.

Shu bilan birga, hujjatda mijozlarga tegishli biometrik bo‘lmagan boshqa turdagi shaxsga doir maʼlumotlar "Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida"gi qonun talablariga muvofiq O‘zbekiston hududidan tashqarida ham saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Markaziy bankning mazkur qarori Adliya vazirligida 2026-yil 1-avgustda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.