Dunyo

«Raketada». Rossiyalik propagandachi Zelenskiydan Moskvaga qachon borishini soʻradi

Ukraina prezidenti qisqacha javob berdi.

«Raketada». Rossiyalik propagandachi Zelenskiydan Moskvaga qachon borishini soʻradi

VGTRK muxbiri Valentin Bogdanov Nyu-Yorkda boʻlib oʻtayotgan BMT Bosh assambleyasi doirasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan qachon Moskvaga tashrif buyurishini soʻradi. Kremldagilar Rossiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvi faqat Moskvada oʻtkazilishi mumkinligini aytib kelishadi.

Bogdanov unga rus tilida bir necha bor shu soʻzlarni baqirdi: «Vladimir Aleksandrovich, Moskvaga qachon?»

Ukraina prezidenti avvaliga uning savoliga eʼtibor bermadi, biroq oxir-oqibat qisqacha shunday javob berdi: «Raketada», ehtimol, qoʻshimchasiga soʻkinib ham yuborgan (videoda oxirgi soʻzni anglab boʻlmaydi).

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov brifingda Ukraina rahbarining bayonotiga quyidagicha munosabat bildirdi: «Birinchidan, Zelenskiy Moskvaga kelishdan bosh tortmagan, hech boʻlmaganda men bunday gapni eshitmadim. U hozir Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi doirasida koʻplab bayonotlar bermoqda. Oʻt ochishni toʻxtatish masalasiga kelsak, yana bir bor takrorlaymiz – biz vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilish jarayoni uchun ochiqmiz, ammo vaqtinchalik sulhga emas, aynan tinchlikka intilish kerak deb hisoblaymiz. Bizning bu pozitsiyamizda hech qanday oʻzgarish yoʻq».

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.