Dunyo

Zelenskiy: Putinga urushni yanada yoyish imkonini bermaslik kerak

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni dunyo boʻylab urush gʻoyasini tarqatayotgan «nolinchi bemor» deb atadi. U Rossiyaning urushni moliyalashtirish imkoniyatini cheklash zarurligini taʼkidlab, Ukraina energetikasiga hujumlar davom etsa, javob zarbalari berilishi mumkinligini bildirdi.

Zelenskiy: Putinga urushni yanada kengaytirish imkonini bermaslik kerak

DW xabariga ko‘ra, Zelenskiy 23-sentabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida nutq so‘zlagan.

Ukraina prezidentining aytishicha, Putindan tarqalayotgan urush g‘oyasi qayerga borib yetmasin, «faqat og‘riq, beqarorlik, yangi xatarlar va, albatta, yangi inqirozlarni» yuzaga keltirmoqda.

«Uning harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik va bu yovuzlikni yanada tarqatish imkonini bermaslik kerak», - degan Zelenskiy.

Zelenskiy Rossiya neft sanoati tarixda ilk bor «so‘nggi kuchini sarflab» ishlayotganini da’vo qildi. U buni BMT Xavfsizlik Kengashida doimiy o‘ringa ega va neft eksporti bilan faxrlanadigan mamlakat uchun og‘ir mag‘lubiyat deb baholadi.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti neft, benzin, dizel yonilg‘isi, zavodlar yoki portlarning o‘zi Kiyevning asosiy maqsadi emasligini ta’kidladi.

«Bizning nishon - Rossiyaning bu urushni moliyalashtirish va cho‘zish qobiliyati», - dedi u.

Zelenskiyning bildirishicha, Rossiya Ukrainaning energetika va isitish tizimlariga hujumlarni davom ettirsa, Kiyev bu qishda Rossiyaning «general Ayoz»i «boshqa tomonga o‘tishi» uchun harakat qiladi. U shu tariqa Rossiya energetika obyektlariga javob zarbalari berilishi mumkinligiga ishora qildi.

Zelenskiyning keltirishicha, yanvar–avgust oylarida Rossiya qurolli kuchlarining Ukrainadagi jang maydonidagi shaxsiy tarkib yo‘qotishlari 248 964 kishini tashkil etgan.

«Putin har bir kilometr uchun 248 kishi bilan to‘layapti. Hali ham uni aql bilan ish tutayotgan deb hisoblaydiganlar bormi?» - dedi Ukraina prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi safida yana 47 mamlakat fuqarolari ham jang qilmoqda va ular ham jang maydonida halok bo‘lmoqda.

Zelenskiy kelasi yilning o‘zidayoq jang maydonida qarorlarni faqat odamlar emas, sun’iy intellekt ham qabul qila boshlashi ehtimoli borligidan ogohlantirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.