Dunyo

Qozogʻistonda harbiylar halokati yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatida, Kaspiy dengizida oʻtkazilayotgan harbiy-dengiz mashgʻulotlari vaqtida 12 nafar harbiy xizmatchi halok boʻldi. Yana ikki harbiyni qidirish ishlari davom etmoqda. Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev 25-sentabrni umummilliy motam kuni deb eʼlon qildi.

Qozogʻistonda harbiylar halokati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

DW xabariga ko‘ra, Mangʻistau viloyati maʼmuriyati bu fojia haqida 24-sentabr kuni maʼlumot bergan.

Ob-havo keskin yomonlashib, shamol kuchaygani sabab 17 nafar harbiyni dengiz olib ketgan. Ulardan uch nafari qutqarilgan, 12 nafari esa halok bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng tibbiyot muassasasiga olib borilgan harbiy xizmatchining ahvoli barqaror ekani, uning hayotiga xavf yo‘qligi aytilgan.

Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Qanat Bozumbayev hukumat komissiyasi yig‘ilishini o‘tkazgan. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Sanjar Adilovning bildirishicha, og‘ir oqibatlarga olib kelgan xizmatga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lish va kema boshqarish qoidalarini buzish holatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aybdor shaxslarni aniqlash uchun tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari, shuningdek, ekspertizalar olib borilmoqda.

Rasmiylar halok bo‘lgan harbiylarning oilalariga ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatilishini maʼlum qilgan.

«Kaspiy mudofaasi - 2026» mashg‘ulotlari 22-sentabrdan beri o‘tkazilmoqda. Unda 500 nafardan ortiq harbiy, jumladan, jangovar kemalar ekipajlari va qirg‘oq bo‘linmalari qatnashmoqda.

Mashg‘ulotlarga Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmatining Mangʻistau viloyati bo‘yicha qirg‘oq qo‘riqlash kuchlari va vositalari, shuningdek, Qozog‘iston Qurolli kuchlarining Havo mudofaasi kuchlari ham jalb etilgan. Ularning vazifasi jangovar shaylik va kuchlar o‘rtasidagi hamkorlik darajasini oshirishdan iborat.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.