Dunyo

Qozog‘istonda 25-sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Qozog‘istonda 25-sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Mang‘istov viloyatidagi mashg‘ulotlar vaqtida harbiylar halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakatda milliy motam e’lon qildi.

Oqorda matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbarining farmoyishi bilan xizmat burchini bajarish chog‘ida harbiylar halok bo‘lgani sababli 2026-yil 25-sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasida milliy motam kuni etib belgilandi.

Bugun, 24-sentyabr kuni Mang‘istov viloyatida Qozog‘iston Qurolli kuchlari Harbiy-dengiz kuchlarining mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tayotgan edi. Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida jangovar tayyorgarlik topshirig‘ini bajarayotgan 19 nafar harbiyni ob-havo keskin yomonlashgani va kuchli shamol esgani sababli suv oqizib ketgan.

Mudofaa vazirligi avvaliga 9 nafar harbiy halok bo‘lgani va uch kishi qutqarib olinganini ma’lum qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra esa qurbonlar soni 12 nafarga yetgan.

Bosh prokuratura Oqtov garnizonidagi mashg‘ulotlarda harbiylar halok bo‘lgani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Hodisadan so‘ng hukumat komissiyasi tuzildi. Bosh vazir o‘rinbosari Qanat Bozumbayev fojia yuz bergan joyga bordi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev harbiylar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi hamda fojia sabablarini atroflicha tergov qilishni buyurdi. Fojia sababli Oqtov shahrida “Shahar kuni” munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha bayram tadbirlari bekor qilindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.