Mahalliy

Qidiruvdagi avtomashina ustaxonadan topildi

Transport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Qidiruvdagi avtomobil ustaxonadan aniqlandi

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida kredit evaziga xarid qilingan va qarzdorlik tufayli qidiruvga berilgan «Cobalt» avtomashinasi ta’mirlash ustaxonasidan topildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro avtomashinani rafiqasi nomiga kredit asosida rasmiylashtirgan, biroq to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan. Shundan keyin bank kredit qarzini undirish maqsadida sudga murojaat qilgan.

Sud hujjatiga ko‘ra, qarzdordan «Kapitalbank» ATB foydasiga 169 mln 730 ming 965 so‘m kredit qarzini undirish hamda undiruvni garov mulki hisoblangan, 2025-yilda ishlab chiqarilgan qora rangli «Cobalt» avtomashinasiga qaratish belgilangan.

Qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli uning mol-mulklariga taqiq qo‘yilib, avtomashina qidiruvga berilgan.

Qidiruv ishlari davomida mashina avtomobil ta’mirlash ustaxonasidan topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, avtomashinaning ayrim ehtiyot qismlari sotib yuborilgan.

Transport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda ijro harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, bank garov mulkiga yetkazilgan zararni undirish masalasida sudga alohida da’vo kiritishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.