UzAuto Motors banklarsiz bo‘lib to‘lashga Cobalt va Damas sotishni boshladi
UzAuto Motors 7-oktabrdan Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarini banklar ishtirokisiz bo‘lib to‘lashga sotishni boshladi. Cobalt uchun boshlang‘ich to‘lov 50%, Damas uchun 30%. Kompaniya bu sotuvda mashinalar soni cheklanganini bildirdi.

UzAuto Motors banklar ishtirokisiz bo‘lib to‘lash asosida Cobalt va Damas sotishni yo‘lga qo‘ydi
UzAuto Motors kompaniyasi 7-oktabrdan boshlab Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, banklarsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan savdoga chiqardi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xarid shartlariga ko‘ra, boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirib, qolgan mablag‘ni har oy bo‘lib to‘lash mumkin:
Ko‘rsatilgan hisob-kitoblar va oylik to‘lovlar avtomobillarning boshlang‘ich komplektatsiyalari uchun berilgan. To‘lov miqdori tanlangan komplektatsiyaga qarab o‘zgarishi mumkin.
Kompaniya ta’kidlashicha, muddatli to‘lovga ajratilgan avtomobillar soni cheklangan. Batafsil ma’lumotni (78) 141 77 77 telefon raqami yoki Chevrolet’ning rasmiy dilerlik markazlari orqali olish mumkin.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 310 389 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, ulardan eng ko‘pi — 107 141 tasi Cobalt bo‘lgan. Damas ishlab chiqarish esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 57 882 tadan 55 022 taga kamaygan.

