Iqtisodiyot

Qashqadaryoda uch yilda 50 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda

Qashqadaryoda 20 mlrd dollarlik loyihalarni qamrab oladigan uch yillik dastur tayyorlanadi. Uning doirasida 50 mingta

Qashqadaryoda uch yil ichida 50 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda hududda sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlarini yanada oshirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Yilning to‘qqiz oyida viloyat sanoati 8,4 foizga, xizmatlar sohasi 16,6 foizga, qishloq xo‘jaligi esa 4,9 foizga o‘sdi. Biroq davlat rahbari erishilgan natijalar bilan viloyatning mavjud salohiyati o‘rtasida hali katta tafovut borligini ta’kidladi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha viloyat respublikada yettinchi, xizmatlar bo‘yicha to‘qqizinchi, qishloq xo‘jaligi va qurilish hajmi bo‘yicha esa o‘n birinchi o‘rinda turibdi.

Prezident tuman hokimlari va banklar bilimga rag‘bat, mehnatga imkoniyat va tashabbusga madad beradigan muhit yaratsa, Qashqadaryo bir-ikki yilda eng ilg‘or hududlar qatoriga chiqishi mumkinligini qayd etdi.

Yig‘ilishda viloyatning gaz, elektr energiyasi va yer osti boyliklarini daromadli ish o‘rinlari hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga aylantirish vazifasi qo‘yildi.

«GTL» zavodida qiymati 300 mln dollar bo‘lgan uchta yirik loyiha tayyorlangan. Zavoddan olinadigan 430 ming tonna nafta asosida yangi polimerlar va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 1,5 mlrd dollarlik loyihani amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, Dehqonobod kaliy zavodi quvvatini yiliga 365 ming tonnadan 600 ming tonnagacha oshirish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Kichik tonnajli kimyo yo‘nalishida esa umumiy qiymati 830 mln dollar bo‘lgan 30 dan ortiq loyihaviy taklif mavjudligi ma’lum qilindi.

Viloyatga tayinlangan loyiha menejeri va boshqa mas’ullarga uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi. Dastur 20 mlrd dollarlik loyihalarni hamda 50 mingta ish o‘rnini qamrab olishi kerak.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.