Mahalliy

Qarzdorlik sabab korxonaning 9 mlrd so‘mlik binosi auksionda sotildi

Qarzdor korxonaga majburiyatni ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan. Biroq qarz belgilangan vaqtda qoplanmagani sababli garovga

Qarzdorlik tufayli korxonaga tegishli 9 mlrd so‘mlik bino auksionda sotildi

Toshkent viloyatida bank oldidagi qarzni undirish maqsadida korxonaga tegishli garovdagi noturar bino auksion savdosida realizatsiya qilindi.

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining ijro hujjati asosida «O.B.» korxonasidan BRB bank foydasiga 9 milliard 421 million 840 ming so‘m qarz undirish belgilangan.

Ijro hujjati 2026 yil 24 iyulda byuroga kelib tushgan va o‘sha kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Qarzdor korxonaga majburiyatni ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan. Ammo qarz belgilangan muddatda qoplanmagani sababli garovga qo‘yilgan noturar bino auksion savdosiga chiqarilgan.

Auksiondan tushgan mablag‘ hisobidan 9 milliard 578 million 732 ming so‘m undirilib, bankka o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, qarzdorlik to‘liq undirilgan va ijro ishi qonunchilik talablariga muvofiq yakunlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.