Bank xodimi 100 ming dollar pora olayotganda ushlandi
U Quyichirchiq tumani hokimligi balansidagi yer maydonini sotish hamda hokimlik zaxirasida bo‘lgan 4 gektar yerni

Bank xodimi 100 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Toshkent viloyatida bank xodimi 100 ming dollarni olgan paytda qo‘lga olindi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.
Unda nufuzli banklardan birining ushbu viloyatdagi mintaqaviy markazi Mahallabay va davlat dasturlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘ining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Xususan, u 2024-yilda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan elektron onlayn auksion orqali o‘zining otasiga chorvachilik maqsadida foydalanish uchun ijara huquqi asosida sotilgan, Quyichirchiq tumani hokimligi balansidagi 16,05 gektar yer maydonini sotish hamda hokimlik zaxirasida bo‘lgan 4 gektar yerni mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga xaridordan jami 4 mln 250 ming AQSh dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir chog‘ida u so‘ralgan pul mablag‘idan 100 ming AQSh dollarini oldindan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

