Mahalliy

Toshkent viloyatida kreditini to‘lamagan fuqaroning uyi auksionga qo‘yib yuborildi

Uyning boshlang‘ich bahosi 1 mlrd 447 mln 500 ming so‘m etib belgilangan

Toshkent viloyatida kredit qarzini uzmagan fuqaroning uyi auksionga chiqarildi

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida kredit qarzdorligini to‘lamagan fuqaroga tegishli turar joy elektron onlayn-auksion orqali savdoga qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdor Z.Sh. va boshqalardan «Sanoatqurilishbank» ATB foydasiga 1 mlrd 329 mln 340 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.

Qarzdorlikni qoplash maqsadida Nurafshon shahri, «Bobur» mahallasi, Olmazor ko‘chasida joylashgan garovdagi turar joyga undiruv qaratilgan. Uyning boshlang‘ich narxi 1 mlrd 447 mln 500 ming so‘m etib belgilangan.

Majburiy ijro byurosi xodimlari qarzdorga qarzni to‘lamagan taqdirda garovdagi mulk sotilishi haqida ogohlantirish bergan.

Shunga qaramay, qarzdorlik qoplanmagani sababli turar joy xatlanib, elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.