Andijonda 19,4 mlrd so‘m qarz uchun dori ishlab chiqarish sexi xatlandi
Qarzdorga majburiyatlarni ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan, biroq qarz belgilangan vaqtda qoplanmagan.

Andijonda 19,4 milliard so‘mlik qarz sabab dori ishlab chiqarish sexiga xatlov qo‘yildi.
Andijon viloyatida kredit qarzdorligini undirish maqsadida dori vositalari ishlab chiqarish sexining bino va inshootlari xatlangan.
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan yuritilayotgan sud hujjatlariga ko‘ra, qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyatdan "Mikrokreditbank" ATB foydasiga jami 19,4 milliard so‘m kredit qarzini undirish belgilangan.
Sud qaroriga asosan, undiruv garovga qo‘yilgan dori vositalari ishlab chiqarish sexining bino va inshootlariga qaratilgan.
Qarzdorga majburiyatlarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun muddat berilgan bo‘lsa-da, qarz belgilangan vaqtda qoplanmagan.
Shundan so‘ng, boshlang‘ich bahosi 19 milliard so‘m bo‘lgan dori vositalari ishlab chiqarish sexi xatlangan.
Hozirda ushbu mol-mulkni elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

