Mahalliy

Qamchiq dovonida «shubhali shaxslar» ushlandi: tafsilotlar

Ularning yonida sellofanga o‘ralgan, oq kukunsimon modda topilgan.

Qamchiq dovonida «shubhali shaxslar» qo‘lga olindi: batafsil

Qamchiq dovonida giyohvand modda olib ketayotgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

2026-yil 19-sentyabr kuni «Namangan» YPX maskanida YHXXning «Qamchiq» dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan «Vodiy–Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelgan «Nexia-2» rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

Tekshiruv chog‘ida avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan, 2004-yilda tug‘ilgan N.U.ning xatti-harakatlari xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolislar va guvohlar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida N.U.ning og‘iz bo‘shlig‘idan sellofanga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli «gashish» giyohvandlik moddasiga hamda oq rangli kukunsimon «mefedron» moddasiga o‘xshash vositalar topilgan.

Mazkur holat belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, aniqlangan moddalar hamda avtomobilda bo‘lgan fuqarolar Pop tumani IIBga topshirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.