Dunyo

Putinning daʼvolari va Tayvanga yopirilgan supertayfun – kun dayjesti

Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Putinning daʼvolari va Tayvanga yopirilgan supertayfun – kun dayjesti

Putin: «Bu Rossiyaning tarixiy hududi»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Stiv Uitkoff bilan uchrashuvdan so‘ng davlat televideniyesiga intervyu berdi. U «uch tomonlama aloqalarni qayta tiklashga tayyor ekanini» tasdiqladi.

«Maqsad - tinchlik bitimlariga erishilganidan keyin Ukraina va Rossiya xavfsizligini taʼminlashni muhokama qilish bo‘ladi. Bunda bitimlarning yakuniy varianti nazarda tutiladi, jangovar harakatlarni qandaydir qisqa muddatga to‘xtatish emas», dedi Putin.

Shuningdek, Putin Ukraina rahbariyatining hududlardan ayrilish haqidagi gaplarini o‘rinsiz deb atadi. «Bu ularning hududi emas. Bu tarixan Rossiya hududi», dedi u. Putinga ko‘ra, Ukrainaning to‘rt viloyati aholisi 2022-yilgi referendumlarda Rossiyaga qo‘shilishga ovoz bergan. Xalqaro hamjamiyatning katta qismi bu referendumlarni tan olmagan.

Shu bilan birga, Putin kelishuv imkoniyati borligini ham aytdi. «Mayli, kimdir boshqacha fikrlashni, boshqacha o‘ylashni xohlaydi... Lekin hamma narsani kelishib olish mumkin», dedi u.

Putin yana Rossiyani jang maydonida yengib bo‘lmasligini va ular urushdagi barcha maqsadlariga erishishini ham taʼkidladi. Rossiya rahbariga ko‘ra, Ukraina armiyasida 500 ming dezertir bor va ular oldingi chiziqqa tashlanmoqda.

Putinga ko‘ra, Yevropa davlatlari rahbariyati Rossiyaga qarshi kampaniya olib bormoqda va doimiy ravishda u bilan mojaroga tayyorgarlik haqida gapirmoqda. Biroq «Rossiya Yevropa bilan hech qanday urushga tayyorgarlik ko‘rmayapti».

Muzokaralarda shu kungacha Moskva Ukrainadan Donbassni to‘liq berishni talab qilib keladi. Kiev esa o‘z nazoratidagi yerlardan voz kechishni rad etadi. Moskva, shuningdek, Ukraina armiyasining sonini cheklash va uning harbiy ittifoqlarga qo‘shilishini doimiy taqiqlashni talab qilmoqda. Kiev bu shartlarni ham taslim bo‘lish talabi deb baholaydi.

Kremlga yaqin manbalarga ko‘ra, AQSh vakilining Putinga takliflari orasida bir ssenariy bor. Unga ko‘ra, Ukraina Donbassni Rossiyaga beradi va evaziga NATOdan kelajakdagi xavfsizligi uchun kafolat oladi. Bu maʼlumotlar rasman tasdiqlanmagan.

Frontda esa tomonlar bir-biriga hujumlarni to‘xtatmayapti.

23-oktabr kuni kuchli shamol va jala olib kelayotgan “Champi” tayfuni yaqinlashishi sababli Tayvanning deyarli barcha hududlarida maktablar, davlat idoralari hamda moliya bozorlari yopildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.