«Putin – nolinchi raqamli patsiyent. Uni toʻxtatish kerak». Zelenskiy BMTda chiqish qildi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 23-sentabr kuni Nyu Yorkda BMT bosh assambleyasida chiqish qildi. Quyida uning nutqi qisqartirilgan va mazmuni saqlangan holda keltiriladi.

«Putin – nolinchi raqamli patsiyent. Uni toʻxtatish kerak». Zelenskiy BMTda nutq soʻzladi
Yil boshidan beri Rossiya 248 ming kishidan ayrildi. Shu davr ichida u ming kilometr kvadrat hududni egallashga ulgurgan, biroq Ukraina uning katta qismini qaytarib oldi. Oʻz hududiga yana ming kilometr kvadrat yer qoʻshish uchun Putin har bir kilometr uchun 248 kishini qurbon qildi.
Putin besh yil davomida 17-18 marta bir xil vaʼdani berdi: yana bir necha oy, keyin urush tugaydi — ammo muddatlar doim ortga surilmoqda. Putin koʻproq shaharlarimizni egallashni istaydi. «Tinchlik» soʻzini aytishga unga nimadir xalaqit bermoqda. Unga 17 million kilometr kvadratlik oʻz hududi yetarli boʻlishi kerak, ammo u boshqalarning yeriga koʻz tikmoqda. Putinni urushsiz tasavvur qila olasizmi?
U nolinchi raqamli patsiyent: uning urush gʻoyasi yangi hududlarga yoyilmoqda. Putinning qoʻllari qanchalik yechilsa, u hammaga shunchalik xavfli boʻladi. Nolinchi patsiyent toʻxtatilishi kerak.
Rossiya nefti — Ukraina nishoni emas. Benzin, dizel, zavodlar — Ukrainaning nishoni emas. Putinni toʻxtatish uchun Rossiyaning moliyalashtirish manbalari va ishlab chiqarishini toʻxtatish kerak. Biz Rossiyaning daromadlarini yoqib yuborishga urinmoqdamiz — bizning nishonimiz shu.
Rossiyaning birorta mulozimi Rossiya general Morozdan himoyalanishi kerakligini xayoliga ham keltirmagan. Agar Rossiya bizning energetika obyektlarimizga zarba bersa, biz ham xuddi shunday yoʻl tutamiz. Shuning uchun qishgacha vaziyatni yumshatish kerak.

