“PSJning asosiy maqsadi — Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish” — Luis Enrike
Fransiya klubi so‘nggi ikki mavsumda Chempionlar Ligasining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

“PSJning asosiy maqsadi — Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish” — Luis Enrike
“PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasining to‘rtinchi turida “Vilyarreal” ustidan 6:0 hisobida erishilgan g‘alaba yuzasidan fikr bildirdi.
“Men jamoalarning besh daqiqada uchta gol urganini ko‘rganman. Agar biz mana shunday qisqa vaqt ichida shuncha gol o‘tkazib yuborganimizda, “Vilyarreal” kabi qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lardik.
Biz to‘rtta o‘yinda 20 ta gol urdik. Lekin bu hech narsani anglatmaydi. Madriddagi finalda faqat bitta g‘olib bo‘ladi va bizning maqsadimiz u yerda g‘alaba qozonish. Avvalgi mavsumlarda biz umumiy hisobda kuchli sakkizlikka kira olmagan bo‘lsak ham, kubokni qo‘lga kiritgan edik”, — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy veb-sayti.
Hozirda “PSJ” Chempionlar Ligasining umumiy jadvalida 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Vilyarreal” esa uch ochko bilan 29-o‘rinda bormoqda.
“PSJ” so‘nggi ikki mavsumda Chempionlar Ligasining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. 2024/25-yilgi mavsum finalida “Inter” 5:0 hisobida mag‘lub etilgan.
2025/26-yilgi mavsum finalida esa “PSJ” “Arsenal” ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozongandi.

