Sport

Luis Enrike “Barselona” futbolchisini “PSJ”ga olib kelmoqchi — El Nacional

Luis Enrike “Barselona” futbolchisini “PSJ”ga olib kelmoqchi — El Nacional

“PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike “Barselona” himoyachisi Alexandro Baldeni o‘z jamoasiga qo‘shishni xohlamoqda. Ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyatidan ushbu transferni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishni so‘ragan. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Hansi Flik jamoaga kelganidan so‘ng, Balde “Barselona”ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Shu sababli, uning yanvar oyida jamoani tark etish ehtimoli oshgan. Enrike futbolchining salohiyatini yaxshi biladi va u “PSJ” himoyasini kuchaytirishiga ishonmoqda.

Hozirda “PSJ”ning asosiy chap qanot himoyachisi Nunu Mendesh hisoblanadi. Biroq murabbiy bu pozitsiyada raqobatni kuchaytirish va rotatsiya qilish uchun yana bir kuchli futbolchiga ehtiyoj sezmoqda. Manbaga ko‘ra, “PSJ” Balde uchun 40 million yevro taklif qilishi mumkin. Agar futbolchining o‘zi ham ketishga rozi bo‘lsa, bu summa kataloniyaliklar sport direktori Dekuni kelishuvga ko‘ndirishi aniq.

Aslida 22 yoshli himoyachi jamoada qolib, faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi edi. Ammo zaxirada qolib ketayotgani uning qarorini o‘zgartirishi mumkin. Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan, biroq qishki transfer oynasida Baldening “PSJ”ga o‘tish ehtimoli ancha yuqori.

Ma’lumot uchun, Alexandro Balde “Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klub safida bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Himoyachi uch marta Ispaniya chempioni, bir marta mamlakat Kubogi va uch bor Superkubok sohibiga aylangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.