Sport

“Barselona” futbolchisi “PSJ”ga o‘tadi — manba

“Barselona” futbolchisi Ferran Torres “PSJ”ga o‘tishi kutilmoqda – manba

Ispaniyaning “Barselona” va Fransiyaning “PSJ” klublari 26 yoshli hujumchi Ferran Torresning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Dastlabki muzokaralarda transfer bonuslari borasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, yakunda barcha masalalar ijobiy hal etildi. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es nashri xabar berdi.

Klublar o‘rtasidagi yakuniy kelishuvga ko‘ra, Parij jamoasi ispaniyalik futbolchi uchun kataloniyaliklarga 50 million yevro miqdorida kafolatlangan summa to‘laydi. Shuningdek, shartnomada yana 5 million yevro miqdorida qo‘shimcha bonuslar ham nazarda tutilgan.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan haftada “Barselona” “PSJ”ning 40+10 million yevrolik dastlabki taklifini rad etgan. Shundan so‘ng, parijliklar prezidenti Nosir al-Xelayfi kafolatlangan to‘lov summasini 50 million yevroga oshirishni shaxsan ma’qullagan va shu orqali transfer hal qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda “ko‘k-anorranglilar” safida jami 49 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21 ta gol hamda 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Futbolchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi. Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.