Prezident tibbiyot sohasi vakillariga qöşimça ustamalar eʼlon qildi
Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari bilan uçraşdi. Maʼlum qilinişiça, bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğasiga 1,5 mln söm, magistraturani tugatganlarga 2,5 mln söm qöşimça ustama tölanadi. Oilaviy şifokorlik böyiça tor soha mutaxassisiga ustama esa 5,5 mln söm böladi. Rezidenturada öqiş bepul böladi va talabalarga 3 mln söm stipendiya tölanadi.

Prezident tibbiyot sohasi vakillariga qo‘shimcha ustamalar e’lon qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda davlat rahbari soha vakillarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.
**Tanlov g‘oliblariga elektromobil**
Joriy yil ilk bor tuman bo‘g‘inidagi eng yaxshi shifokor va hamshira nominatsiyalari bo‘yicha viloyat tanlovlari o‘tkazilmoqda. G‘oliblar 30 million so‘mdan mukofotlanadi.
Kelasi yil rag‘bat yanada kuchaytiriladi: viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan 14 nafar shifokor elektromobil bilan taqdirlanadi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladigan eng yaxshi o‘nta loyiha muallifiga 200 million so‘mdan grant beriladi.
**Qo‘shimcha ustamalar**
Bakalavriatni bitirgan hamshira va tibbiyot o‘gasiga 1,5 mln so‘m, magistraturani tugatganlarga 2,5 mln so‘m qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 mln so‘m bo‘ladi.
Bugun 11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming shifokor tayyorlanmoqda. Kelasi yildan bu talabalar haftada uch kun bemor bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa oxirgi o‘quv yilida to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyot o‘taydi.
**Rezidentura bepul**
2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish — rezidentura bepul bo‘ladi. Talabalarga 3 mln so‘m stipendiya to‘lanadi.
Yo‘nalishga qarab rezidentura 2 yildan 5 yilgacha davom etadi. Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish 2 yil, jarrohlik bo‘yicha esa 5 yil bo‘ladi.
**Malaka oshirishga xususiy sektor kirib keladi**
Xodimlar malakasini oshirishga xususiy sektor faol jalb etiladi. Tibbiyot xodimlari qayerda malaka oshirishni o‘zlari mustaqil tanlaydi.
Birlamchi bo‘g‘in va tumanlardagi xodimlarning malaka oshirish xarajatlari to‘liq qoplanadi. Mazkur xarajatlarni davlat o‘z zimmasiga oladi.
Natijada tumanlarda ishlaydigan 130 ming tibbiyot xodimining har yili 100 milliard so‘m mablag‘i o‘zida qoladi.

