Mahalliy

Oʻzbekistonda tibbiyot xodimlari uchun qoʻshimcha toʻlovlar joriy etiladi — 5,5 mln soʻmgacha

Oʻzbekiston Prezidenti tibbiyot xodimlari uchun yangi ustamalarni eʼlon qildi. Oliy maʼlumotli hamshiralar uchun 1,5 mln dan 2,5 mln soʻmgacha, oilaviy tibbiyot boʻyicha tor mutaxassislarga esa 5,5 mln soʻm miqdorida toʻlovlar nazarda tutilgan. Shunga oid shifokorlarni tayyorlash tizimi ham oʻzgaradi.

Oʻzbekistonda tibbiyot xodimlari uchun 5,5 mln soʻmgacha qoʻshimcha toʻlovlar joriy etish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekistonda shifokorlarni tayyorlash tizimi oʻzgartiriladi va tibbiyot xodimlari uchun yangi ustamalar joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 27 oktyabr kuni sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvda maʼlum qildi, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Davlat rahbari bugungi kunda 11 ta davlat oliy taʼlim muassasasida har yili 15 ming nafar shifokor tayyorlanayotganini taʼkidladi. Biroq hamma bitiruvchilar ham ishga joylashganidan soʻng darhol bemorlar bilan mustaqil ishlash uchun yetarli amaliy koʻnikmalarga ega emas.

«Qanchalik zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng soʻnggi uskunalarni xarid qilmaylik, malakali kadrlarsiz natija boʻlmaydi», — deya taʼkidladi prezident.

Uning soʻzlariga koʻra, boʻlajak tibbiyot xodimlarini tayyorlash sifati bemorlar xavfsizligiga bevosita taʼsir qiladi.

«Boshqa sohada yosh xodim xatoga yoʻl qoʻyishi mumkin, ammo boʻlajak shifokorning bunga haqqi yoʻq. Chunki tibbiyot xodimining har bir harakati ortida inson hayoti turadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan tibbiyot kadrlarini tayyorlashni klinik amaliyot bilan yanada jipslashtirish nazarda tutilgan.

2027 yildan boshlab tibbiyot oliygohlari talabalari haftasiga uch kun bemorlar bilan ishlashni oʻrganadilar. Oʻqishning oxirgi yilida bitiruvchilar bevosita tibbiyot muassasalarida toʻlaqonli amaliyot oʻtaydilar.

Prezident, shuningdek, tibbiyot xodimlarining alohida toifalari uchun qoʻshimcha toʻlovlar haqida eʼlon qildi.

Ilgrari surilgan rejalarga koʻra, quyidagi ustamalar koʻzda tutilgan:

Xabarda ustamalar qaysi paytdan eʼtiboran amal qilishni boshlashi va ularni olish uchun qanday qoʻshimcha shartlar nazarda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.

Prezident 2027 yildan oliy taʼlim muassasalarida tor tibbiy mutaxassisliklar boʻyicha rezidenturada oʻqish bepul boʻlishini maʼlum qildi. Talabalarga 3 mln soʻm miqdorida stipendiya toʻlanadi.

Yoʻnalishga qarab rezidenturada oʻqish ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Oilaviy tibbiyot boʻyicha tayyorgarlik ikki yil, xirurgiya boʻyicha — besh yil vaqtni oladi. Tibbiyot oliygohlari huzurida klinikalarni oliygohlarga biriktirishni nazarda tutuvchi «universitet klinikalari» tizimi allaqachon joriy etilmoqda.

Prezident tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi universitet klinikalarida oʻtkazilishi kerakligini koʻrsatib oʻtdi. Tadqiqotlarda asosiy eʼtibor tashxis aniqligini, davolash samaradorligini oshirish va asoratlar sonini kamaytirishga qaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, «Yangi Oʻzbekistonning tibbiyot standartlari» joriy etilishini eʼlon qildi. Ular tibbiy taʼlim, muassasalarni qurish va jihozlash, sanitariya-gigiyena talablari, bemorlar xavfsizligi va xizmat koʻrsatish madaniyatini qamrab oladi.

«Har bir inson poliklinikaga kelganida, eng avvalo, ozodalik, tartib va xizmat koʻrsatish madaniyatini koʻrishi kerak», — dedi prezident.

Ish sharoitlarini yaxshilash uchun sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini xodimlari bosqichma-bosqich va bepul maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.

Bundan tashqari, tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish choralarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

2026 yilda ilk bor tuman darajasidagi eng yaxshi shifokor va eng yaxshi hamshira unvonlari uchun viloyat tanlovlari oʻtkaziladi. Gʻoliblar 30 mln soʻmdan olishadi. 2027 yilda tanlovning viloyat bosqichida gʻolib chiqqan 14 nafar shifokor elektromobillar bilan mukofotlanadi. Sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish boʻyicha eng yaxshi oʻnta loyiha mualliflariga 200 mln soʻmdan grantlar ajratiladi.

Uchrashuvda prezident, shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi maxsus davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.

U bilan aholi sogʻligʻini saqlash, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy davolash usullarini joriy etishda alohida xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimlarini taqdirlash rejalashtirilmoqda.

Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonning tibbiyot va farmatsevtika sohalarida 800 mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda.

Prezident yaqinda soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolaganini maʼlum qildi. Mukofotlanganlar orasida shifokorlar, tadbirkorlar va xorijiy hamkorlar bor. Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev ularga davlat mukofotlarini topshirdi.

Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyida prezidentga tibbiyot va farmatsevtika taʼlimini isloh qilish boʻyicha takliflar taqdim etilgan edi.

Xususan, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab «Davolash ishi» yoʻnalishidan «Umumiy tibbiyot» olatidagi olti yillik bakalavriat dasturiga oʻtish taklif qilindi. Besh yillik oʻqishdan soʻng talabalar bir yillik amaliy tayyorgarlikdan oʻtishlari kerak boʻladi.

Shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining taʼlimi, malakasi va kasbiy faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiruvchi yagona elektron reyestrini yaratish rejalashtirilmoqda.

Mutaxassislarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni 2027 yildan ixtiyoriy va 2030 yildan majburiy qilish taklif etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.