Mahalliy

Prezident suv bo‘yicha mutasaddilarga muhlat berdi

Buxoro ​viloyatidagi 55 ta mahalla aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanishni kutayotgani qayd etildi

Prezident suv masalasi bo‘yicha mas’ullarga muhlat belgiladi

Buxoroda jamoat transporti yetarli darajada rivojlanmagani sababli aholining 80 foizi ishga, o‘qishga va kundalik yumushlariga yengil avtomobilda borayotgani qayd etildi. Prezidentimiz viloyat uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha 120 ta avtobusni olib kelish ishlarini tezlashtirish vazifasini qo‘ydi.

Turistlarning Buxoro haqidagi ilk taassuroti aeroport va temir yo‘l vokzallari atrofidagi muhitdan boshlanishi ta’kidlandi. Shu bois, ushbu hududlarda xizmat ko‘rsatish sifati va qulayliklarni oshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Daraxt turlarini Buxoroning iqlimi va tarixiy qiyofasiga mos ravishda tanlash, mavjud daraxtlarni parvarishlash hamda yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirishda yagona yondashuv zarurligi aytildi.

Viloyatdagi 55 ta mahalla aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanishni kutayotgani qayd etildi. Prezidentimiz mas’ullarga mazkur mahallalarga suv yetib borishining aniq muddatini belgilab, masalani hal etishni topshirdi. Viloyatdagi oilalarning uy-joyga ehtiyojini qondirish maqsadida turar joy massivlari qurilishini jadallashtirish vazifasi qo‘yildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.