Mahalliy

2026-yilda Buxorodagi yo‘llarni yaxshilash uchun 1 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan

Shuningdek, bugungi kunda viloyatda 2 ming kilometr masofadagi ichki yo‘llar ta’mirtalab ahvolda ekanligi ma’lum qilindi

2026-yilda Buxorodagi yo‘llarni yaxshilash uchun qariyb 1 trln so‘m mablag‘ ajratilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Buxoro viloyatidagi yo‘llar holatini yaxshilash uchun joriy yilda 900 mlrd so‘m ajratilgan.

Shunga qaramay, tirbandlikni kamaytirish, piyodalar va transport harakati xavfsizligini ta’minlash, jamoat transportini yaxshilash bo‘yicha yechimini kutayotgan masalalar mavjud.

Bugungi kunda Buxoroda 2 ming kilometr ichki yo‘l va 266 ta ko‘prik ta’mirtalab ahvolda. Prezident ularni yangilash va ekspluatatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni kengaytirish zarurligini qayd etdi.

Shuningdek, asosiy sayyohlik yo‘nalishlarini bog‘laydigan muqobil pulli yo‘llar qurish imkoniyatlarini o‘rganish topshirildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.