Piskom daryosida cho‘kkan erkak jasadi 15 kunlik qidiruvdan so‘ng topildi
Bo‘stonliq tumanidagi Piskom daryosida cho‘kib ketgan 30 yoshli erkakning jasadi 15 kunlik qidiruvdan so‘ng FVV g‘avvoslari tomonidan topildi. Marhum SUP-doskada sayr qilayotgan vaqtida suvga tushib ketgan va qutqaruv nimchasini kiymagani sababli oqimga dosh berolmagan.

Piskom daryosida cho‘kib ketgan erkakning jasadi 15 kunlik qidiruvdan keyin topildi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Piskom daryosida cho‘kib ketgan erkakning jasadi 15 kundan so‘ng topildi, deya xabar bermoqda.
26-avgust kuni Qibray tumanida yashovchi 30 yoshli fuqaro bir guruh hamrohlari bilan daryoda SUP-doskada sayr qilayotgan paytda boshqaruvni yo‘qotib, qoyali qirg‘oqqa urilgan va suvga tushib ketgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, fuqaro xavfsizlik talablariga zid ravishda qutqaruv nimchasini kiymagani sababli kuchli suv oqimi uni oqizib ketgan.
Hodisa yuz bergan kundan boshlab FVV g‘avvoslari hududda uzluksiz qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. 10-sentabr kuni soat 09:50 da fuqaroning jasadi suvdan olib chiqilgan.
FVV fuqarolarni suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, suvda harakatlanish vaqtida albatta qutqaruv nimchalaridan foydalanishga chaqiradi.
Avvalroq bir hafta davom etgan qidiruv ishlaridan so‘ng FVV qutqaruvchilari Chorvoq suv omborida otasi bilan birga cho‘kib ketgan ikki o‘g‘ildan birining jasadini topgandi.
Qidiruv ishlari davom etmoqda.

