Mahalliy

Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketdi

Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chorvoq suv ombori suv havzasida 3 kishi cho‘kib ketdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, voqea 2-sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Ota va uning ikki o‘g‘li katerda sayrga chiqqan, so‘ng suvga tushish taqiqlangan hududga borib, himoya nimchasisiz suvga tushib cho‘kib ketgan. Xabar kelib tushishi bilan FVV g‘avvos qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib, 2-2,5 km radius kenglikda suvda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Qidiruv ishlariga barcha zarur kuch-vositalar jalb etilgan.

Qayd etilishicha, qidiruv ishlari ko‘lamining kengligi va suv omborining chuqurligi ishlarni murakkablashtirmoqda. Qidiruv ishlari FVV tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.