Mahalliy

Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketdi

Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketdi. Ular katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borib himoya nimchasiz suvga tushgan. FVV g‘avvos qutqaruvchilari qidiruv ishlarini olib bormoqda.

Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketdi

2-sentabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Burchmulla” MFY hududidagi Chorvoq suv omborida 3 nafar fuqaro — ota va uning 2 nafar o‘g‘li — cho‘kib ketdi, deya xabar qildi.

Qayd etilishicha, ular katerda sayrga chiqqan va suvga tushish taqiqlangan hududga borib, himoya nimchasiz suvga tushgan. Xabar kelib tushishi bilan FVV g‘avvos qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib, 2−2,5 km radius kenglikda suvda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Qidiruv ishlariga barcha zarur kuch-vositalar jalb etilgan.

Vazirlik qidiruv ishlari ko‘lami kengligi va suv omborining chuqurligi qidiruvni murakkablashtirayotganini ta’kidladi. Qidiruv ishlari FVV tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.